“Lux Content” kontent-provayderining “Apps Club Plus”, “Kids Club” va “Fantasy Football League” xizmatlarining narxi o‘zgarishi
Hurmatli abonentlar,
2025-yil 19-martdan boshlab, “Lux Content” MCHJ kontent-provayderi tomonidan “Apps Club Plus” (1810, 1812 qisqa raqamlari), “Kids Club” (1840, 1841 qisqa raqamlari) va “Fantasy Football League” (1830, 1831 qisqa raqamlari) xizmatlarining narxiga o‘zgarishlar kiritiladi.
Kunlik abonent to‘lovi 2199 so‘m, oylik abonent to‘lovi esa 41999 so‘mni tashkil etadi.